Redmi Turbo 4: Yuqori tezlik, kuchli quvvat va noodatiy dizayn
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/01/image-20-edited.png)
Redmi o‘zining yangi subflagman modeli Turbo 4 haqida ma’lumot berdi. Bu haqda Redmi kompaniyasi ma’lum qildi.
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/01/image-21-1024x1024.png)
Unga ko‘ra, smartfon 2-yanvar kuni taqdim etiladi va u bir nechta qiziqarli xususiyatlari bilan ajralib turadi.
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/01/image-22-1024x1024.png)
Redmi Turbo 4 6500 mA/soat sig‘imli akkumulyator, 90 Vt tezkor quvvatlash, 1.5K ekran va IP68 himoya darajasiga ega bo‘ladi. U Dimensity 8400-Ultra chipida ishlaydi va Geekbench testida 6056 ball bilan yuqori ishlash darajasini namoyish etadi.
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/01/image-23-1024x1024.png)
Smartfonning kamerasi LED yoritqich bilan jihozlangan bo‘lib, u xabarlarni ko‘rsatish, zaryad holatini bildirish yoki musiqa ritmiga mos ravishda yonib turish kabi funksiyalarni bajara oladi.
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/01/image-24-1024x1024.png)
Redmi Turbo 4 nafaqat texnik jihatdan, balki dizayn va funksionalligi bilan ham foydalanuvchilarni hayratga solishi kutilmoqda.
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/01/image-25-1024x1024.png)
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple’ning buklanuvchi smartfon 2026-yilda bozorni zabt etishi mumkinligi haqida yozgan edik.