Rossiya va Ukraina Yevropaga gaz tranzitini to‘xtatdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
5 yillik shartnoma muddati tugadi
Foto: Bloomberg.com

2025-yilning 1-yanvaridan boshlab Rossiya «Gazprom» kompaniyasi Ukraina orqali Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, besh yillik tranzit shartnomasi muddati tugagach Kiyev uni uzaytirishdan bosh tortdi.

Gaz oqimining to‘xtatilishi Yevropaning markaziy davlatlarini qimmatroq gaz manbalarini izlashga majbur qilmoqda. Ukraina orqali yetkazib berilayotgan gaz Yevropa ehtiyojining atigi 5 foizini tashkil etsa-da, bu qaror energetik xavfsizlikka bosim o‘tkazmoqda.

Rossiya hali ham Turkiya orqali o‘tuvchi «TurkStream» quvuri orqali ba’zi davlatlarga gaz yetkazib bermoqda. Ammo bu Ukraina yo‘nalishini to‘liq qoplay olmaydi. Energetika bozoridagi ushbu o‘zgarishlar Yevropaning qish mavsumida energiya inqiroziga qarshi kurashini yanada murakkablashtirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq gaz ishlab chiqarishning kamayishi O‘zbekistonga eksportni oshirishga to‘sqinlik qilmagani haqida yozgan edik.

Shuningdek