2-yanvar kuni qanday ob-havo kutilmoqda

eʼlon qilindi
Yog‘ingarchilik yo‘q, tuman tushishi mumkin
Foto: Pexels.com

2-yanvar kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 1° sovuq-1° iliq, kunduzi 5-7° iliq.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin, harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq.

Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi ehtimoli bor, harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq.

Sirdaryo, Samarqand, Jizzaxda ham yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, kechasi 2° sovuq va 3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin, kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq.

Andijon, Namangan, Farg‘onada yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutiladi, qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 4° sovuq-1° iliq. Shamolning tezligi aksariyat hududlarda 7-12 m/s atrofida bo‘ladi.

Shuningdek