2024-yildagi eng punktual aviakompaniya va aeroportlar reytingi e’lon qilindi
Cirium aviatsiya tahlil firmasi yilning eng punktual aviakompaniyalari va aeroportlari reytingini e’lon qildi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, eng punktual aviakompaniyalardan Aeromexico birinchi, Saudia ikkinchi va Delta Air Lines uchinchi o‘rinni egalladi. Ushbu aviakompaniyalar SkyTeam alyansi a’zosi bo‘lib, global miqyosda sifatli xizmatlari bilan ajralib turadi.
Shuningdek, Yaponiyaning Japan Airlines va All Nippon Airways aviakompaniyalari Osiyo-Tinch okeani mintaqasida eng yuqori o‘rinlarni egallagan bo‘lsa, Yevropada Iberia va uning budjet aviakompaniyasi Iberia Express yetakchi bo‘ldi. Shimoliy Amerikada esa Delta, United va Alaska eng punktual kompaniyalar sifatida qayd etildi.
Aeroportlar bo‘yicha reytingda Saudiya Arabistonidagi Riyod King Khalid xalqaro aeroporti birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin Peru poytaxti Limadagi Jorge Chávez xalqaro aeroportiga, uchinchi o‘rin esa Meksikadagi Benito Juárez xalqaro aeroportiga nasib etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand aeroporti reyslarni qabul qilishni tiklagani haqida yozgan edik.