BYD va Tesla raqobati tobora kuchayib bormoqda
2024-yilda Xitoyning BYD avtomobil ishlab chiqaruvchisi elektromobil savdosida sezilarli o‘sishga erishdi. Bu haqda Business Standard sahifasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, kompaniya yil davomida 1,76 mln elektromobil sotib, jami 4,25 mln avtomobil sotish ko‘rsatkichiga yetdi. Bu natija BYD’ni Tesla bilan raqobatda yaqinlashtirdi.
Savdolarning o‘sishiga Xitoy bozoridagi talab va hukumat subsidiya dasturlari yordam berdi. BYD xalqaro bozorlarda ham o‘z ta’sirini kengaytirishga harakat qilmoqda, biroq Braziliya va Yevropa Ittifoqida tanqidlarga duch kelmoqda.
Tesla hali ham yetakchi bo‘lsa-da, BYD global avtomobil bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlab, kuchli raqib sifatida paydo bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BYD Efiopiya bozoriga kirgani haqida yozgan edik.