Janubiy Koreyadagi aviahalokat yuzasidan Jeju Air tergovga tortildi

eʼlon qilindi
Kompaniya bosh direktori gumon ostiga olindi
Foto: Reuters.com

Janubiy Koreyada yakshanba kuni sodir bo‘lgan aviatsiya falokatida 179 kishi halok bo‘lgan edi. Holat yuzasidan tergov jarayoni boshlandi, deya xabar berdi Reuters axborot agentligi.

Unga ko‘ra, Jeju Air’ning Bangkokdan Muan shahriga uchgan 7C2216 reysi Boeing 737-800 samolyoti qo‘nish paytida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, yonib ketdi.

Ikki ekipaj a’zosi tirik qutqarilgan bo‘lsa-da, ulardan biri og‘ir ahvolda qolmoqda. Halokat yuzasidan tergov olib borilmoqda. Politsiya Jeju Air va Muan xalqaro aeroporti operatorining ofislarida tintuv o‘tkazdi.

Samolyotning ekspluatatsiyasi va texnik xizmat ko‘rsatishga oid hujjatlar tekshirilmoqda. Jeju Air bosh direktori Kim E-bega mamlakatni chiqib ketishi taqiqlandi va ehtiyotsizlik bilan o‘limga sabab bo‘lishda gumon qilinmoqda. Aviakompaniya politsiya bilan hamkorlik qilayotganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024-yildagi eng punktual aviakompaniya va aeroportlar reytingi e’lon qilindi.

Shuningdek