Rossiyada politsiyachilarga migrantlarning uylariga kirish huquqi berilmoqda

eʼlon qilindi
Migrantlarning ayrim huquq va erkinliklari cheklanadi
Foto: Worldpress.com

Rossiyada deportatsiya rejimiga tushgan migrantlar ustidan davlat nazorati doirasida politsiyaga ularning yashash joylariga va boshqa xonalarga to‘sqinliksiz kirish huquqi beriladi. Bu haqda TASS axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, politsiyaga migrantlarning yashash joylari va xonalariga to‘sqinliksiz kirish, shuningdek, davlat va banklardan ularning moliyaviy holati haqida ma’lumot olish huquqi beriladi.

Bundan tashqari, texnik vositalar yordamida migrantlarni kuzatish, geolokatsiya va to‘lov tizimlari ma’lumotlaridan foydalanish ruxsat etiladi. Ushbu tartib noqonuniy yoki qonunni buzgan holda mamlakatda bo‘lib turgan shaxslar uchun joriy etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada migrantlar rus tili imtihonini vositachilar orqali topshira olmasligi haqida yozgan edik.

Shuningdek