Apple Siri orqali yashirin tinglash uchun har bir foydalanuvchiga $20 dan toʻlab beradi

3-yanvar 2025 16:23 eʼlon qilindi

Pavel Goryachkin

Pavel Goryachkin

Muxbir
Foto: Reuters

Apple kompaniyasi Siri ovozli yordamchisi foydalanuvchilariga noqonuniy tinglash haqidagi shikoyatlari uchun har biriga $20 dan toʻlashga rozi boʻldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, umumiy hisobda Apple sud nizosini hal qilish uchun $95 million yoʻnaltirishni rejalashtirmoqda. Millionlab foydalanuvchilar kompaniyaga nisbatan ommaviy daʼvoning ishtirokchilari boʻldi. Ular Apple texnikalari ularning suhbatlarini yozib olishini va maʼlumotlarni kontekstli reklama operatorlariga uzatishini payqagan.

Misol uchun, Apple qurilmasi foydalanuvchilar suhbatdan koʻp oʻtmay Air Jordan krossovkalari va Olive Garden restoranlari reklamasini koʻrgan. Yana bir daʼvogar shifokor bilan maxfiy suhbatdan soʻng xususiy klinika xizmatlari reklamasini ko‘rgan.

Foydalanuvchilar Appleʼni shaxsiy maʼlumotlarni toʻplash va qayta ishlash, shuningdek, ularni uchinchi shaxslarga berish qoidalarini buzganlikda ayblamoqda. Kompaniya aybni tan olmadi, lekin tovon toʻlashga tayyorligini eʼlon qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp TikTokʼdagi taqiqni kechiktirishni soʻragani haqida yozgan edi.

Shuningdek