Toshkentda bugungi kunda o‘chirilgan birorta ham quvvatlantirish stansiyasi yo‘q – Energetika vazirligi

eʼlon qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda yolg‘on ma’lumotlar tarqaldi
Foto: CHUTTERSNAP / Unsplash

Toshkentda elektromobillarni quvvatlantirish shoxobchalari odatdagidek ishlamoqda, deya xabar berdi O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov.

Avvalroq Internetda vazirlik tomonidan ayrim stansiyalarni elektr tarmog‘idan uzib qo‘yayotgani haqida ma’lumot tarqalgan edi.

Mamadaminovning aniqlik kiritishicha, o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida poytaxtda reyd o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida ayrim quvvatlantirish stansiyalari faoliyatidagi kamchiliklar tufayli o‘chirib qo‘yildi.

«Toshkentda bugungi kunda o‘chirilgan birorta ham quvvatlantirish stansiyasi yo‘q», – deya qoʻshimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan avvalroq O‘zbekistonda elektromobillar importi 22,2 mingtaga yetgani haqida yozgan edi.

Shuningdek