Harbiylar tergovchilarning Janubiy Koreya prezidentini hibsga olishiga toʻsqinlik qildi

eʼlon qilindi
Yun Sok Yol qarorgohi oldida uning tarafdorlari to‘plandi
Foto: Yonhap News

3-yanvarga oʻtar kechasi Janubiy Koreya tergovchilari mamlakat prezidenti Yun Sok Yolni hibsga olish uchun orderni bajarishga harakat qildi, lekin harbiylarning qarshiligiga duch kelishdi, deb xabar bermoqda Yonhap News agentligi.

Ma’lum qilinishicha, Korrupsiyaga qarshi tergov qilish boshqarmasi xodimlarining davlat rahbari qarorgohiga kirishiga toʻsqinlik qilindi. Taxminlarga koʻra, tergovchilarning yoʻlini prezident xavfsizlik xizmati xodimlari toʻsib qoʻygan.

Qarorgoh oldida uning impichmentiga qarshi chiqqan minglab Yun Sok Yol tarafdorlari toʻplangan. Bu ham huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ishini qiyinlashtiradi. Jurnalistlarning ta’kidlashicha, hibsga olish orderini bajarishga keyingi urinishlar olomon bilan toʻqnashuvlarga olib kelishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Janubiy Koreya sudi mamlakat tarixida birinchi marta amaldagi prezidentni hibsga olish va tintuv qilish uchun order chiqargani, parlament unga ishonchsizlik votumi chiqargani haqida yozgan edi.

Shuningdek