Ilon Mask Bayden ma’muriyatini davlatga xiyonatda aybladi
Tadbirkor Ilon Mask AQSh rasmiylarining Meksika bilan chegarada devor qurish uchun moʻljallangan materiallarni sotish qarorini davlatga xiyonat deb atadi. Bu haqda «TASS» agentligi xabar berdi.
Mask X tarmogʻida foydalanuvchisining postiga izoh berib, prezidentlik muddatini yakunlayotgan Jo Bayden ma’muriyati aslida chegarani muhojirlar uchun ochgani va devor qurilishi uchun materiallarni $5 dan sotgani haqida yozgan.
«100 foiz davlatga xiyonat», – dedi tadbirkor.
Dekabr oyida The Daily Wire portali manbalarga tayanib, Bayden ma’muriyati Meksika bilan chegarada devor qurish uchun foydalanilmagan materiallarni sotmoqchi ekani haqida xabar berdi. Ushbu ma’lumotlarga koʻra, bu jarayon Tramp ma’muriyatining noqonuniy migratsiyaga qarshi choralarini kuchaytirishga toʻsqinlik qilishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mask Trampning saylovoldi kampaniyasi uchun $260 million sarflagani haqida xabar bergan edi.