In-vitro usulida yaratilgan ko‘chatlarga subsidiyalar ajratiladi

eʼlon qilindi
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi yangi tizimni tashkil qiladi
Foto:Pexels.com

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimi takomillashtiriladi. Bu to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, dala chetlari, tomorqa va ko‘p qavatli uylar oldida ekinlar yetishtiriladi. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi yangi tizimni tashkil qiladi.  Agentlik urug‘ va ko‘chatlar yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.
 
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘riladi. Masalan, ichki fitosanitariya sertifikati bepul beriladi. In-vitro usulida yaratilgan ko‘chatlarga subsidiyalar ajratiladi. Mevali ko‘chatlar xarajatlarining 50 foizi subsidiya bilan ta’minlanadi.

«Dala chetlariga ekilgan «in-vitro» usulida yaratilgan mevali payvandtagli ko‘chatlarni sotib olish xarajatlarining 50 foizi miqdorida, biroq har bir mevali payvandtagli ko‘chatga 25 ming so‘mdan oshmagan holda Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasidan belgilangan tartibda subsidiya ajratiladi», – deyiladi Adliya vazirligi xabarida.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan qaysi qishloq xo‘jaligi texnikalari bojxona boji va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek