Kriptoaktivlarni musodara qilish tartibi belgilandi

eʼlon qilindi
Musodara qilingan kriptoaktivlar tergov organining kripto hamyoniga o‘tkaziladi
Foto: Pexels.com

Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura kriptoaktivlarni musodara qilish tartibini tasdiqladi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda. 2024-yil 25-dekabr kuni ro‘yxatga olingan qo‘shma buyruqda tergovdan oldingi tekshiruv va tergov vaqtida kriptoaktivlarni musodara qilish qoidalari belgilandi.

Kriptoaktivlar bo‘yicha huquqbuzarliklar quyidagi manbalarda aniqlanishi mumkin: axborot vositalari, kriptohamyonlar (Ledger, Trezor kabi), qo‘lda yozilgan yozuvlar. Ushbu elementlar dalil sifatida qabul qilinadi va mutaxassislar ishtirokida tekshiriladi.

Kriptoaktivlar bo‘yicha tekshiruv quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: axborot vositalarini tahlil qilish, kriptohamyonlar manzillarini tekshirish, sud-kompyuter texnik ekspertizasi o‘tkazish, provayderlarga va banklarga so‘rov yuborish.

Musodara qilingan kriptoaktivlar tergov organining kriptohamyoniga o‘tkaziladi. Bu jarayon huquqbuzarlik dalillarini rasmiy qayd etish va xavfsiz saqlashni ta’minlaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakatda bitta kriptodo‘kon litsenziyadan mahrum bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek