Shavkat Mirziyoyev Nyu-Orleandagi terrorchilik harakati munosabati bilan Jo Baydenga ta’ziya bildirdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bosh muharrir o‘rinbosari
U, shuningdek, jarohat olganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi
Rasm: Pexels.com

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-Orlean shahrida yuz bergan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar hayotdan ko‘z yumgani munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari rahbari Jozef Baydenga ta’ziya maktubi yo‘lladi.

Prezident maktubda O‘zbekiston xalqi nomidan halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, shuningdek, butun Amerika xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi. U, shuningdek, jarohat olganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ushbu hodisa haqida xabar bergan edi. Ma’lum bo‘lishicha, AQShda mashinaning odamlar ustiga haydashi oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan.

Shuningdek