Xitoyning Tank brendi yangi Tank 500 Hi4-Z gibrid SUVini rasman taqdim etdi. Bu haqda IThome nashri xabar berdi. Ushbu model Land Cruiser 300 va BYD Leopard bilan raqobatlashadi, biroq pastroq narx va yuqori quvvat bilan ajralib turadi.
Tank 500 Hi4-Z narxi $49,8 ming dollarni tashkil etadi. Kuch tizimi uchta dvigateldan iborat elektr stansiyaga ega: 2,0 litrli turbo dvigatel va ikkita elektr motor. Jami quvvat 863 ot kuchiga teng.
Maksimal harakatlanish masofasi 1096 kmga yetadi, sof elektr rejimida esa 201 km masofani bosib o‘tadi. Tortishuvchi akkumulyator 59,05 kVt/soat quvvatga ega, tezkor zaryadlash 163 kVt quvvat bilan amalga oshiriladi.
Mashina o‘lchamlari 5078 × 1934 × 1905 mm bo‘lib, g‘ildiraklar bazasi 2850 mm. Minimal yer orasi balandligi 210 mm. Zaxira g‘ildirak orqa eshikka joylashtirilgan.
Salon jihozlari yuqori darajada: uchta ekran (12,3, 14,6 va 7 dyuym), uch zonali iqlim nazorati, isitiladigan rul va o‘rindiqlar, o‘rnatilgan massajer, simsiz quvvatlantirish mavjud. Haydovchi yordam tizimlari va xavfsizlik funksiyalari to‘plami ham kiritilgan.
Tank 500 Hi4-Z qulaylik va texnologik imkoniyatlar bo‘yicha o‘z sinfidagi raqobatchilardan ustun bo‘lishni maqsad qilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Tahoe Rossiya bozorida sotuvga chiqarilgani haqida xabar bergan edi.