Yangi temir yoʻl liniyasi 2027-yilgacha Oʻzbekiston va Qozogʻistonni bogʻlaydi

eʼlon qilindi
Uning qurilishi $542 mlnga baholanmoqda
Foto: Peterway / Depositphotos

«Darbaza – Maktaaral» temir yoʻl liniyasi 2027-yilga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Qozogʻiston temir yoʻllari matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yangi liniya Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida yuk tashish uchun muqobil yoʻnalishni ochadi. U Qozogʻistonning Turkiston viloyati orqali Maktaaralgacha va undan chegarasi orqali «Sirdaryo» (Oʻzbekiston) stansiyasigacha oʻtadi.

Yoʻnalish Sariagʻash – Toshkent uchastkasini va «Sariagʻash» stansiyasidagi temir yoʻl nazorat punktini yukdan xalos qilish imkonini beradi. Shu tariqa Qozogʻiston temir yoʻli Toshkent temir yoʻl bogʻlamasini chetlab oʻtib, Oʻzbekistonning markaziy hududlari bilan bogʻlanadi.

Liniya qurilishi 2023-yil oxirida boshlangan. Loyihaning umumiy qiymati 286 milliard tengega (deyarli $542 million) baholanmoqda.

Qozogʻiston temir yoʻllari hisob-kitoblariga koʻra, temir yoʻl qurilishi davrida 3,4 mingga yaqin ish oʻrni yaratiladi. Ishga tushirilgandan soʻng bevosita liniyada va u bilan bogʻliq korxonalarda 500 ta ish oʻrni yaratiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston temir yoʻli qurilishi boshlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek