2025-yilda minimal ijara stavkalari belgilandi

eʼlon qilindi
Turar joy ijarasi Toshkent shahrida 1 kv.m uchun 28 ming so‘mni tashkil etadi
Foto: Pexels.com

Yangi yilda jismoniy va yuridik shaxslar uchun ijara to‘lovlarining minimal stavkalari tasdiqlandi. Ushbu stavkalar ko’chmas mulk va transport vositalari ijarasi uchun amal qiladi.

Turar joy ijarasi Toshkent shahrida 1 kv.m uchun 28 ming so‘mni tashkil etadi. Masalan, agar xonadon 30 kv.m bo‘lsa, uning minimal ijara narxi 840 ming so‘mni (28 ming × 30) tashkil qiladi. Nukus va viloyat markazlarida bu ko‘rsatkich 13,5 ming so‘m. Demak, 30 kv.m xonadon uchun ijara narxi 405 ming so‘m bo‘ladi. Qolgan hududlarda esa minimal ijara narxi 5,5 ming so‘m bo‘lib, 30 kv.m uchun bu 165 ming so‘mni tashkil etadi.

Noturar joylar ijarasi esa yuqoriroq. Toshkentda 1 kv.m uchun 45 ming so‘m bo‘lsa, 50 kv.m noturar joy uchun ijara narxi 2,25 mln so‘mni (45 ming × 50) tashkil qiladi. Nukus va viloyat markazlarida bu stavka 26,5 ming so‘m, ya’ni 50 kv.m joy uchun 1,32 mln so‘m bo‘ladi. Qolgan hududlarda esa bu ko‘rsatkich 11 ming so‘mni tashkil etib, 50 kv.m uchun 550 ming so‘mni tashkil qiladi.

Infografika: Kursiv Uzbekistan

Transport vositalarini ijaraga olish ham stavkalarga ega: yengil avtomobillar uchun 858 ming so‘m, mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk mashinalari uchun esa 1,7 mln so‘m.

Shuningdek, ushbu stavkalar ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga ham tatbiq etiladi. Biroq, yaqin qarindoshlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bundan mustasno.

Hududlarning iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab, belgilangan stavkalarga nisbatan 2 martagacha oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llanishi mumkin. Xususan, Toshkent shahri uchun zonalar kesimida koeffitsiyentlar yer solig‘i hisobida ham foydalaniladi.

Ommaviy dam olish va turizmga mo‘ljallangan hududlarda ijara stavkalariga Toshkent shahridagi stavkalargacha koeffitsiyent qo‘llanilishi mumkin. Bu shaharlar va tumanlarning xalq deputatlari Kengashlari tomonidan belgilanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ko‘chmas mulk ijarasi va oldi-sotdisida yangi tartiblar joriy etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek