4-yanvar kuni qanday ob-havo kutilmoqda

eʼlon qilindi
Toshkent, Namangan viloyatida tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor.
Foto: Pexels.com

O‘zbekistonda 4-yanvar sanasida qanday ob-havo kuzatiladi. Bu haqda «O‘zgidromet» ma’lum qildi.

Toshkent shahrida kechqurun yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda, kun davomida havo 3-5° iliq bo‘lib, tuman tushishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 1-6° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 1-6° iliqni tashkil etadi.

Andijon, Namangan, va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida esa vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik kuzatiladi, qor ko‘chishi xavfi mavjud. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Shamolning tezligi barcha hududlarda 3-12 m/s oralig‘ida esadi. O‘zgaruvchan ob-havoga mos tayyorgarlik ko‘rishingiz tavsiya etiladi.

Shuningdek