Alif kompaniyasi xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasidan $3 mln jalb qildi

eʼlon qilindi
Bu haqda Kursiv Uzbekistanʼga kompaniya maʼlum qildi
Foto: Alif

Alif kompaniyasi Islom taraqqiyot banki guruhining bir qismi boʻlgan Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasidan (ITFC) $3 million miqdorida investitsiya jalb qildi. Bu haqda Kursiv Uzbekistanʼga kompaniya maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, bitim ITFC va «Ipak Yoʻli» banki oʻrtasidagi kelishuv doirasida amalga oshirilib, u Oʻzbekistonda xususiy sektorning savdoni moliyalashtirish boʻyicha koʻmaklashishga qaratilgan. Moliyalashtirish islomiy moliya tamoyillariga muvofiq isteʼmolchilarga muddatli toʻlov imkoniyatini taklif etuvchi Nasiya xizmatini yanada rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.

Mazkur bitimda Alifʼning moliyaviy maslahatchilari sifatida xalqaro investitsiya banklari — TMT Global Advisers va Ansher Capital ishtirok etdi.

Maʼlumot uchun, Alif kompaniyasi Oʻzbekiston, Tojikiston va Pokistonda loyihalari mavjud boʻlgan Markaziy Osiyoning yirik xalqaro fintech kompaniyalaridan biridir. Tashkilot oʻziga xos xususiyati islomiy moliyalashtirish tamoyillariga sodiq bo‘lib, nasiya muddatli toʻlov xizmati Alifʼning asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, 2023-yilda kompaniya deyarli 900 ming mijozga xizmat ko‘rsatdi, bu 2022-yilga nisbatan 58 foizga ko‘p hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Alif $20 million sarmoya jalb etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek