Alkogol saraton xavfini oshiradi
AQSh bosh jarrohi Vivek Merti alkogolli ichimliklarga saraton haqida ogohlantiruvchi yorliqlar qo‘yishni taklif qildi.
Bosh jarrohning bayonotiga ko‘ra, alkogol har yili AQShda 100 ming saraton holatiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, 20 ming kishi saraton tufayli hayotdan ko‘z yumadi, dedi u.
Merti saraton xavfi haqida jamoatchilik xabardorligini oshirish zarurligini ta’kidladi. Tamaki va semirishdan keyin alkogol saratonning uchinchi oldini olish mumkin bo‘lgan sababidir.
«Ko‘pchilik amerikaliklar alkogol va saraton orasidagi bog‘liqlikdan bexabar», – dedi bosh jarroh. U alkogol yorliqlariga ogohlantiruvchi ma’lumotlarni kiritishni tavsiya qildi.
Merti shuningdek, shifokorlar bemorlarni bu xavf-xatarlar haqida ko‘proq ma’lumot bilan ta’minlashi kerakligini aytdi. Tavsiyalar majburiy emas va yangi qonunlar qabul qilinishini talab qiladi.
«Ogohlantiruvchi yorliqlar jamoatchilik xabardorligini oshirishda muhim qadam bo‘ladi», – dedi bosh jarroh.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakatda tamaki va alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini qoʻllash tartibi tasdiqlangani haqida xabar bergan edi.