Asad rejimi ag‘darilgandan so‘ng, 115 mingdan ortiq suriyaliklar Vataniga qaytdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Turkiya, Iordaniya va Livan kabi davlatlardan
Bashar Asad rejimi ag‘darilgandan keyin, qo‘shni davlatlarda yashab kelgan 115 mingdan ortiq suriyalik fuqarolar o‘z vatanlariga qaytishga qaror qilishdi. Bu haqda BMT Qochqinlar ishlari bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi ma’lum qildi.
Tashkilotning bayonotiga ko‘ra, 2024-yil 8-dekabrdan boshlab suriyalik qochqinlar Turkiya, Iordaniya va Livan kabi davlatlardan qaytishni boshlagan. Repatriantlarning umumiy soni 115 mingdan oshgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy Osiyo davlatlari Suriyadan fuqarolarini repatriatsiya qilish boʻyicha yetakchilik qilmoqda.