Bayden ma’muriyati Isroilga $8 milliardlik qurol sotishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Ta’kidlanishicha, ba’zi qurollar Isroilga to‘g‘ridan to‘g‘ri Pentagon omborlaridan beriladi
Foto: REUTERS / Jonathan Ernst

AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Isroilga $8 milliardlik qurol-yarogʻ sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Axios portali oʻz manbalariga tayanib, xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, AQSh Davlat departamenti Kongressni Isroil bilan yangi bitim tuzish rejalari haqida norasmiy ravishda xabardor qildi. Ushbu bitim doirasida AQSh Isroilga havo raketalari, artilleriya snaryadlari, kichik diametrli bombalar, oʻq-dorilar toʻplamlari va boshqa harbiy oʻq-dorilar yetkazib beradi.

Ta’kidlanishicha, ba’zi qurollar Isroilga toʻgʻridan toʻgʻri Pentagon omborlaridan beriladi. Qurollarning katta qismini yetkazib berish bir yil yoki undan koʻproq vaqt oladi. Isroilga ehtimoliy qurol sotish AQSh Kongressi Vakillar palatasi va Senatining tashqi ishlar boʻyicha qoʻmitalari tomonidan maʼqullanishi kerak.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jo Bayden AQShning 2025-yilga moʻljallangan mudofaa budjetini tasdiqlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek