Beshinchi toifa hududlarida yangi soliq tartiblari belgilandi

eʼlon qilindi
Yangi bogʻlar tashkil etish tashabbuskorlari 2028-yil 1-yanvargacha mevali koʻchatlar va texnikalarni xorijdan import qilishda QQS va bojxona bojidan ozod etiladi
Foto: AndreyPopov / depositphotos.com

Beshinchi toifaga kiritilgan tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun soliq stavkalari oʻzgartirildi. Bu haqda prezidentning ayrim farmonlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yer soligʻi endi 50 foiz miqdorida toʻlanadi (ilgari stavka 1% edi).

Yirik soliq toʻlovchilar, doimiy muassasalar, budjet tashkilotlari, davlat korxonalari va ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno.

Shuningdek, 2025-yildan boshlab yangi bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar uchun yer soligʻi imtiyozi bekor qilinadi, soliq stavkasi esa 50 foizga kamaytiriladi. Shu bilan birga, 2025-yil 1-iyuldan yagona tariflar boʻyicha yoʻlovchi tashish xizmatlari uchun QQS imtiyozi bekor qilinadi.

Yangi bogʻlar tashkil etish tashabbuskorlari 2028-yil 1-yanvargacha mevali koʻchatlar va texnikalarni xorijdan import qilishda QQS va bojxona bojidan ozod etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan elektron tijoratda 2025-yilda qanday o‘zgarishlar kutilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek