Fargʻonada sanoat zonalarini tashkil etish uchun 1,2 ming gektar yer ajratiladi

eʼlon qilindi
Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi
Foto: lagereek / Depositphotos.com

Fargʻona viloyatida Xitoy tajribasi asosida maxsus sanoat zonalari tashkil etiladi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, xorijiy investorlar bilan hamkorlikda «Fargʻona yangi imkoniyatlar» maxsus sanoat zonalari tashkil etiladi. Shuningdek, Margʻilon shahrining Navroʻz mahallasida 117 gektar maydonda «Yangi Oʻzbekiston» massivi va Burhoniddin Margʻinoniy majmuasi barpo etilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Quva tumanidagi Karkidon suv ombori va Fargʻona tumanining Shohimardon qishlogʻida turistik zonalarni rivojlantirish maqsadida maxsus turistlik-rekreatsion zona direksiyasi tashkil etiladi.

Beshariq tumanining Tojikiston bilan chegaradosh hududida esa Termiz tajribasi asosida erkin savdo zonasi yaratiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fargʻona iqtisodiyotiga $3,7 mlrd investitsiya jalb qilish rejalashtirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek