Grenlandiya Daniyadan mustaqil bo‘lib chiqmoqchi

eʼlon qilindi
Orol sotuviga oid takliflar rad etildi
Foto: Britannica.com

Grenlandiya bosh vaziri Mute Egede Yangi yil nutqida Daniyadan mustaqil bo‘lib chiqish istagi borligini ta’kidladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, u Grenlandiyaning o‘z kelajagini mustaqil ravishda shakllantirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish vaqti kelganini aytdi.

Ma’lumot uchun, Grenlandiya 1953-yilgacha Daniya mustamlakasi bo‘lgan va hozir o‘zini o‘zi boshqaradigan hudud sifatida mustaqillik haqida ovoz berish huquqiga ega. So‘nggi yillarda Daniya tomonidan o‘tmishda amalga oshirilgan noto‘g‘ri siyosatlarning fosh etilishi mustaqillik harakatini yanada kuchaytirdi.

Biroq, Grenlandiyada mustaqillikni qo‘llab-quvvatlovchilar ko‘pchilikni tashkil etsa-da, bu qadamning iqtisodiy va ijtimoiy ta’siri haqida fikrlar turlicha. Shunga qaramay, Egede mamlakatni mustamlakachilikning izlarini yo‘q qilib, mustaqillik sari dadil qadam tashlashga chaqirmoqda.

Ushbu jarayon Grenlandiya xalqining qaroriga bog‘liq bo‘lsa-da, ovoz berish uchun aniq sana belgilanmagan. Egede shuningdek, Grenlandiyaning savdo va siyosiy jihatdan mustaqilligini ta’kidlarkan, orol sotuviga oid takliflarni qat’iyan rad etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024-yildagi eng punktual aviakompaniya va aeroportlar reytingi e’lon qilingan edi.

Shuningdek