Qozog‘istonning «Jibek joli» turistik poyezdi Samarqand va Chimkent yo‘nalishini o‘z ichiga olgan. Bu haqda O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan nashriga ma’lum qildi.
Qo‘mita maʼlumotlariga koʻra, 4-yanvar kuni poyezd Oʻzbekiston poytaxtiga 120 nafar sayyohni olib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, birinchi bosqichda sayyohlar faqat uchta shahar – Olmaota, Turkiston va Toshkentga tashrif buyurishlari mumkin edi.
Turizm qoʻmitasining taʼkidlashicha, Qozogʻiston va Oʻzbekiston turizm sohasi vakillari Toshkent va Samarqandda uchrashuvlar oʻtkazadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonga sayyohlar oqimi 18,8 foizga oshgani haqida yozgan edi.