Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari o‘zgardi
2024-yildan boshlab jismoniy shaxslarning uy-joy fondi obyektlari uchun mol-mulk solig‘i stavkalari indeksatsiya qilindi. Bu o‘zgarish hududlar va faoliyat turlarining xususiyatlariga qarab farq qilishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha koeffitsiyentlar qo‘llashga haqli.
Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan (QTEM) foydalanuvchi jismoniy shaxslarga soliq imtiyozlari taqdim etiladi. Umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan QTEMlar o‘rnatgan shaxslar soliqni kamaytirishi mumkin. Quyosh panellari o‘rnatganlar esa 10 yil davomida imtiyozlardan foydalana oladi, agar panellar elektr energiyasini 25% dan kam bo‘lmagan quvvatga to‘plasa.
Imtiyozlar faqat bir marta beriladi va soliq summasi 2 BHMdan oshmasligi kerak. Shuningdek, imtiyoz faqat umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq bo‘lgan QTEM qurilmalarini o‘rnatganlarga qo‘llaniladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan beshinchi toifa hududlarida yangi soliq tartiblari belgilangani haqida xabar bergan edi.