Nukusda muddatli harbiy xizmatchi besh kishini jarohatladi

eʼlon qilindi
Jabrlanganlardan biri voqea joyida vafot etgan
Foto:Uznews.uz

Nukusda 3-yanvar kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligining muhandislik-qurilish bataloni tarkibida xizmat qilayotgan askar tinch aholiga hujum qildi, dedi Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, harbiy xizmatchi mast holatda harbiy qismni tark etgan. Keyin u uyga kirib, uxlab yotgan besh nafar fuqaroni pichoqlagan. Jabrlanganlardan biri voqea joyida vafot etgan, qolganlari kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan «Qasddan odam o‘ldirish» va «O‘ldirishga urinish» moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, hibsda saqlanmoqda.

Tergov Nukus harbiy prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda, deya qo‘shimcha qildi Shamsutdinov.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakatda 600 dan ortiq shaxslar oqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek