Qozondan uchib kelgan samolyot Fargʻonaga qoʻna olmadi
eʼlon qilindi
Qalin tuman sababli
Kecha, 3-yanvar kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga tegishli samolyot qalin tuman sababli Fargʻonaga qoʻna olmadi. Bu haqda «Novosti Tashkentskogo neba» Telegram kanali xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, oʻsha paytda Fargʻonada koʻrish masofasi 800 metrdan oshmagan. Shu bois samolyot ekipaji Namangandagi zaxira aeroportga qoʻnishga qaror qilgan. Samolyot Rossiyaning Qozon shahridan uchib kelayotgan boʻlgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Dubaydan Bishkekka uchgan samolyot Toshkentga qoʻnishga majbur boʻlgani haqida xabar bergan edi.