Umra tadbirlarini litsenziyasiz tashkil etgan subyektlarga nisbatan jarima qoʻllanildi

eʼlon qilindi
Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati xabar berdi
Foto: afaizal/Depoistphotos

Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyati bilan litsenziyasiz tashkil etayotgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan jarima qoʻllanildi. Bu haqda Din ishlari boʻyicha qoʻmita axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, tekshiruvlar davomida Marg‘ilon shahridagi Xurmo Travel Umra, Denov shahridagi Anor Tour hamda Toshkent shahri, Chilonzor tumanidagi Sokin Travel nomi ostida jismoniy shaxslar tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan umra tadbirlari tashkil etilgani aniqlangan.

Mazkur holatlar bo‘yicha qo‘mita tomonidan Xurmo Travel Umra MCHJ (Saxiy Travel)ga nisbatan qonunning tegishli moddalari buzilgani yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, natijada BHMning 200 baravari (75 mln so‘m) miqdorida jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.

Anor tour va Sokin travel nomlari ostida ishlab kelgan jismoniy shaxslarning xatti-harakatlari boʻyicha toʻplangan materiallar tegishli chora koʻrish yuzasidan huquq tartibot organlariga yuborildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan umra ziyoratini tashkil qilishga ruxsat olgan turfirmalar roʻyxatini e’lon qilgan edi.

Shuningdek