USAID: 287 nafar bojxona xodimi raqamli yetakchilikka tayyorlandi
USAID O‘zbekistonning Bojxona qo‘mitasi ayol xodimlari uchun IT bo‘yicha o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda AQSh elchixonasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur dasturning natijasida 287 nafar xodim raqamli ko‘nikmalarni egallab, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, yetakchilik qobiliyatlarini mustahkamlash va kasbiy ishonchni oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
O‘quv jarayonida qatnashchilar ma’lumotlarni tahlil qilish va axborot texnologiyalari bo‘yicha amaliy bilimlarni o‘zlashtirishdi. Bu esa bojxona operatsiyalarining tezroq va samaraliroq amalga oshirilishi hamda xavfsiz savdoni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Sertifikatlarni topshirish marosimida AQShning O‘zbekistondagi vakili Xizer Berns ayollarning bojxona sohasidagi muhim rolini ta’kidlab, ularning innovatsiyalar va yetakchilikdagi o‘rni yuksak ekanini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun $500 ming ajratishi haqida yozgan edik.