UzAuto Motorsning sobiq rahbari Yaponiya kompaniyasiga o‘tdi
Bo Inge Andersson UzAuto Motors, UzAuto Powertrain va UzAutosonat Engineering kompaniyalaridagi uch yillik faoliyatini yakunlab, Tokio shahridagi Sanoh Industrial Co., Ltd. kompaniyada ish boshlaydi. Bu haqda u o‘zining LinkedIn sahifasida ma’lum qildi.
Uning rahbarligi ostida kompaniya daromadni 130% ga oshdi va 2023-yilda sof daromad 7,2% ni tashkil etdi ($333 mln). Endilikda, Andersson Tokio shahridagi Sanoh Industrial Co., Ltd. kompaniyasida o‘sish va operatsiyalar bo‘yicha maslahatchi sifatida yangi vazifalarni bajaradi.
Ma’lumot uchun, Sanoh global avtomobilsozlik, issiqlik yechimlari va akkumulyator batareyalari bo‘yicha yetakchi ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya bo‘lib, 8 mingdan ortiq xodimga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bo Andersson UzAuto Motors’dagi faoliyatini yakunlagani haqida yozgan edik.