Yanvar oyi uchun pensiya to‘lovlari to‘liq moliyalashtirildi

eʼlon qilindi
4-yanvardan boshlab
Foto: Pexels.com

2025-yil yanvar oyida pensiya to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 3,3 mln nafar fuqarolarning bank kartalariga mablag‘lar to‘liq o‘tkazildi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, umumiy hisobda Pensiya jamg‘armasi tomonidan 4,1 mln nafar pensiya oluvchilar uchun zarur mablag‘lar tijorat banklariga moliyalashtirildi.

Pensiyalarni naqd shaklda oluvchi fuqarolar uchun to‘lovlar 4-yanvardan boshlab Xalq bankining sayyor kassalari orqali tasdiqlangan grafik asosida yetkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yilda pensiya va ish haqi qanchaga ko‘tarilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek