Kriptovalyuta orqali daromad qilgan buxorolik 17 yoshli yigitga nisbatan jinoiy ishi yopildi

Kriptovalyuta orqali 34 milliard soʻm daromad qilgan buxorolik 17 yoshli yigitga nisbatan jinoiy ishi yopildi. Bu haqda sobiq deputat Rasul Kusherbayev oʻzining Telegram kanalida ma’lum qildi.
Kusherbayevning ta’kidlashicha, huquq-tartibot idoralari uning qilgan ishi ijtimoiy xavfli emasligi, aybidan pushaymonligi, oilaviy ahvoli va hokazolar inobatga olingan.
Eslatib oʻtamiz, u dekabr oyi oʻrtalarida qoʻlga olingan. Yigit Binance (Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtmagan) birjasi orqali kriptovalyuta bilan noqonuniy savdo qilgan.
IIVning holatga izoh berishicha, u virtual valyutchiklik faoliyati bilan shugʻullanib kelgan va bu uchun vositachilik haqi olgan.
Avvalroq Toshkentda kriptoaktivlarning noqonuniy savdosi bilan shugʻullangan shaxs besh sutkaga qamalgan edi.