Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $1 mlrdga yetadi
Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasidagi ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi yaqin yillarda $1 milliardga yetishi mumkin. Bu haqda Oʻzbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher Toʻxtayev ma’lum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, ijobiy dinamika allaqachon sezilarli darajada oʻsgan. Ya’ni savdo hajmi 2019-yildagi $122 milliondan 2023-yilda 387 millionga oshdi.
Toʻxtayev Toshkent va Lahor oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilganini ta’kidlab, Karachidan Oʻzbekistonga parvozlarni ochish rejalarini ma’lum qildi.
Shuningdek, savdo va investitsiyalarni rivojlantirish uchun elchi ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasida «B2B» uchrashuvlarini tashkil etish taklif qilindi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Pokiston bilan JSTga a’zo boʻlish boʻyicha muzokaralar oʻtkazgani haqida yozgan edi.