Oʻzbekiston vakili ShHT bosh kotibining oʻrinbosari etib tayinlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi
Foto: Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

1-yanvar kuni Oʻzbekiston vakili Botir Tursunov Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) bosh kotibi oʻrinbosari vazifasini bajarishga kirishdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Oʻzbekistonlik 50 yoshli diplomat Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (hozirgi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti) va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasidagi Falsafa va huquq institutini tamomlagan.

2005-yildan TIV tizimida, markaziy apparat va Pekindagi elchixonada turli lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, davlatimiz rahbari huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori, Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori oʻrinbosari lavozimlarida ishlab kelgan.

2023-yildan Oʻzbekistonning XXRdagi elchixonasi maslahatchi vakili, ShHT kotibiyati huzuridagi doimiy vakili hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Belarus Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek