Toshkent Islom universiteti va Xalqaro Islom akademiyasi bitiruvchilariga 20 foizgacha qo‘shimcha oylik haq to‘lash bekor qilindi

eʼlon qilindi
Bu haqda prezidentning tegishli qarorida ko‘zda tutilgan
Foto: Xalqaro Islom akademiyasi

2025-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent Islom universiteti va Oʻzbekiston Xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilariga 20 foizgacha oylik qoʻshimcha haq toʻlash bekor qilindi. Bu haqda prezidentning tegishli qarorida koʻzda tutilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilari davlat va nodavlat tashkilotlarda ishga qabul qilishda teng huquqlarga ega edi. Ular uchun Toshkent Islom universiteti bitiruvchilariga tegishli moliyaviy qo‘llab-quvvatlash talablari ham tatbiq etilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xalqaro islom akademiyasiga yangi rektor tayinlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek