
2025-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent Islom universiteti va Oʻzbekiston Xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilariga 20 foizgacha oylik qoʻshimcha haq toʻlash bekor qilindi. Bu haqda prezidentning tegishli qarorida koʻzda tutilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilari davlat va nodavlat tashkilotlarda ishga qabul qilishda teng huquqlarga ega edi. Ular uchun Toshkent Islom universiteti bitiruvchilariga tegishli moliyaviy qo‘llab-quvvatlash talablari ham tatbiq etilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xalqaro islom akademiyasiga yangi rektor tayinlangani haqida xabar bergan edi.