Xitoyda kovidga oʻxshash virus tarqaldi. Holat Qozog‘istonda ham aniqlandi

eʼlon qilindi
Hozirgi kunda Xitoyda o‘tkir respiratorli yuqumli kasalliklar faol ravishda tarqalmoqda
Foto: Reuters

Xitoyda asosan bolalar orasida yangi virus inson metapnevmovirusi (HMPV) tarqalmoqda. Bu haqda Xitoy Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish boshqarmasi malum qildi.

Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda Xitoyda oʻtkir respiratorli yuqumli kasalliklar faol ravishda tarqalmoqda. Ayniqsa, 14 yoshdan kichik bolalar orasida metapnevmovirus bilan kasallanish holatlari koʻpaygan, bu koʻproq shimoliy viloyatlarda qayd etilgan.

Metapnevmovirus gripp va shamollashga oʻxshash simptomlarni keltirib chiqaradi. Kasallik odatda yengil oʻtadi, ammo chaqaloqlar, keksa yoshdagi bemorlar va immuniteti zaif shaxslar uchun pnevmoniya kabi jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Qozogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, mamlakatda 30 kishi Xitoyda tarqalayotgan virusga chalingan.

«Infeksiyaning asosiy simptomlari yoʻtal, tumov, hansirash, isitma, bosh ogʻrigʻi. Maxsus davolash usuli yoʻq, simptomatik davolash qoʻllaniladi», – deyiladi xabarda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan maymunchechak virusi qanchalik xavfli va undan qanday himoyalanish mumkinligi haqida maqola tayyorlagan edi.

Shuningdek