1-fevraldan yotoqli poyezdlarning narxi 10,5 foizga qimmatlashadi
eʼlon qilindi
Bu haqda “Oʻztemiryoʻlovchi” kompaniyasi xabar berdi
2025-yil 1-fevral sanasidan boshlab mahalliy yoʻnalishdagi (yotoqli) yoʻlovchi poyezdlar uchun chipta narxi 10,5 foizga oshiriladi. Bu haqda «Oʻztemiryoʻlovchi» kompaniyasi xabar berdi.
Kompaniya elektr energiyasi, yonilg‘i va harakatlanuvchi tarkibni ta’mirlash xarajatlarini qoplash uchun narxlarni oshirayotganini ma’lum qildi. Tariflarni qayta ko‘rib chiqishda inflyatsiya darajasi inobatga olingan.
Chipta narxining tarif qismi 10,5 foizga oshiriladi. Biroq kompaniya qo‘shimcha xizmatlar narxi o‘zgarishi yoki o‘zgarmasligi haqida aniq ma’lumot bermadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yil 1-fevraldan boshlab temiryoʻl chiptalari narxi oshirilishi haqida xabar bergan edi.