6-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatiladi
O‘zbekiston hududida ob-havo biroz bulutli bo‘lishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 1° sovuqdan 1° iliqqacha, kunduzi esa 8-10° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo ochiq, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi esa 3-8° iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli, ammo quruq bo‘ladi. Ayrim hududlarda tuman kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuqdan 3° iliqqacha, kunduzi esa 7-12° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo ochiq va yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 3° sovuqdan 2° iliqqacha, kunduzi esa 5-10° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo iliq bo‘lib, kunduzi harorat 9-14° iliq bo‘ladi. Kechasi esa 2° sovuqdan 3° iliqqacha bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi va ertalab yog‘ingarchilik (yomg‘ir yoki qor) kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuqdan 2° iliqqacha, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda esa vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliqni tashkil etadi.