ATTO transport kartalarini qayerdan rasmiylashtirish mumkin
2025-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent shahri avtobuslarida safar uchun naqd pul qabul qilish rasman toʻxtatildi. Bu holatda ATTO transport kartalari jamoat transportida yoʻl haqini toʻlash uchun qulay yechimlardan biriga aylandi.
Kartalarni qayerdan olish mumkin?
2024-yil 15-may kunidan boshlab Toshkentda joylashgan barcha transport karta sotish shoxobchalarining faoliyati toʻxtatildi. Endilikda ATTO transport kartalarini xarid qilish, hisobni toʻldirish va tarif sotib olish xizmatlari Uzpost aloqa boʻlimlarida amalga oshiriladi. Lekin eng oson yo‘li: siz uni metro kassasida sotib olishingiz va hisobingizni to‘ldirishingiz mumkin.
Toʻrtta karta turi mavjud boʻlib, moviy karta barcha yoʻlovchilar uchun amal qiladi. Uchta ijtimoiy kartalar (yashil, qizil, sariq) bo‘lib, maktab oʻquvchilari, talabalar va nafaqadagilar uchun maxsus tariflar beriladi.
Virtual kartadan foydalanish ham mumkin
Shuningdek, jamoat transportlarida elektron toʻlovlardan foydalanish uchun ATTO mobil ilovasining Android va iOS qurilmalari uchun moʻljallangan versiyalarini oʻrnatib olib, virtual kartadan foydalanish mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilning dekabr oyi oʻrtalariga kelib, Toshkent jamoat transportida toʻlovlarning 64 foizi elektron shaklda (naqd pulsiz) amalga oshirgani haqida xabar bergan edi.