BYD Hiace 05 EV: Yangi zamonaviy krossover e’lon qilindi

6-yanvar 2025 12:12 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: Ithome

Xitoyning BYD avtomobil ishlab chiqaruvchisi Hiace 05 EV krossoverini rasman taqdim etdi. Model Xitoy Sanoat vazirligining yangi energiya vositalari katalogida e’lon qilindi va elektromobillar bozorida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bu haqda Ithome nashri xabar berdi.

Yangi Hiace 05 EV ikkita akkumulyator versiyasida ishlab chiqariladi. 50,048 kVt/soat quvvatli versiya 430 kilometr masofani, 60,928 kVt/soatli versiya esa 510 kilometrgacha harakatlanish imkoniyatini ta’minlaydi. Har ikkisi litiy-temir-fosfat texnologiyasidan foydalangan.

Mashina zamonaviy va o‘ziga xos dizaynga ega. Old qismi X shaklidagi LED optika bilan ajralib turadi. Orqa qismida esa chiroqlarni bog‘lovchi qora dekorativ chiziq mavjud. Kuzovning keng pastki qismi avtomobilning off-road xarakterini ta’kidlaydi.

Foto: Ithome

Krossoverning o‘lchamlari 4520x1860x1630 millimetr, g‘ildirak bazasi esa 2720 millimetrni tashkil etadi. 218 ot kuchiga ega elektr motor avtomobilni boshqaradi. Modelning bo‘sh og‘irligi 1780 kg, brutto og‘irligi esa 2235 kg.

Yangi Hiace 05 EV texnik ko‘rsatkichlari bilan Kia Sportage va Hyundai Tucson singari mashinalarga kuchli raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda. Modelning ayrim xususiyatlari BYD Yuan Plus elektromobiliga yaqinligi bilan ajralib turadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan BYD Efiopiya bozoriga kirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek