Kanada bosh vaziri iste’foga chiqishi mumkin

eʼlon qilindi
Mamlakatdagi ichki norozilik tufayli
Foto: The independent

Kanada Bosh vaziri Jastin Trudo yaqin kunlarda iste’foga chiqishini e’lon qilishi kutilmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Trudo Liberal partiya rahbarligini tark etishni rejalashtirgan, ammo u hali yakuniy qaror qabul qilmagan. Manbalarga ko‘ra, iste’fo e’lon qilinishi chorshanba kuni Liberal qonunchilarning favqulodda yig‘ilishidan oldin amalga oshishi mumkin.

Trudoning ketishi Liberal partiyani doimiy rahbarsiz qoldirishi mumkin, ayniqsa, so‘rovlar Konservativ partiya saylovlarda katta ustunlikka ega bo‘lishini ko‘rsatmoqda.

Trudo moliya vaziri Dominik Leblanga vaqtinchalik bosh vazir bo‘lishni taklif qilishi ham mumkin. Ammo bu uning partiya rahbarligiga da’vogarlik qilish rejasiga bog‘liq. Trudo 2013-yilda Liberal partiya rahbarligini qabul qilib, uni qayta tiklagan edi. Ammo so‘nggi so‘rov natijalari va ichki noroziliklar uning iste’fo chaqiriqlarini kuchaytirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanadaga viza olish tartibi soddalashtirilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek