Mazda 6-yanvar, dushanba kuni kompaniya Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismidagi Ivakuni shahrida modulli avtomobil silindrsimon litiy-ionli akkumulyator paketlarini ishlab chiqaruvchi yangi zavod qurishini ma’lum qildi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi.
Yamaguchi prefekturasida quriladigan yangi zavod Panasonic Energy kompaniyasidan sotib olingan silindrsimon hujayralardan avtomobil litiy-ionli akkumulyator modullari va paketlarini ishlab chiqaradi.
Hozircha bu korxona haqidagi barcha tafsilotlar uni ishga tushirish muddati va ishlab chiqarish quvvati keyinroq ma’lum qilinadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mazda EZ-6ʼga bo‘lgan yuqori talab sababli kompaniya ishlab chiqarish hajmini oshirgani haqida xabar bergan edi.