2025-yil 6-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:25 da (Grinvich bo‘yicha 15:25) Navoiy viloyatining Tomdi tumanida magnitudasi 3,6 bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.
Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan bo‘lib, uning koordinatalari 41,92 gradus shimoliy kenglik va 65,08 gradus sharqiy uzunlikni tashkil etdi. Episentr Toshkentdan 352 km shimoliy-g‘arbda joylashgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila kuchi nisbatan past bo‘lgan va hozircha zarar yoki talafot haqida ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida 3,3 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi.