Nyu-York transport tiqilinch toʻlovini joriy qildi

eʼlon qilindi
$9 dan $22 gacha
Foto: Nycurbed.com

2025-yil 5-yanvardan boshlab Nyu-York AQShda transport tiqilinch uchun toʻlov tizimini joriy qilgan birinchi shahar bo‘ldi. Bu haqda NBC News axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Manxettendagi markaziy hududga kirgan avtomobillar haydovchilari uchun tiqilinch vaqtda $9 gacha toʻlov joriy etildi. Ushbu tizim Nyu-Yorkdagi transport tiqilinchini kamaytirish va jamoat transporti uchun mablag‘ yig‘ishni maqsad qiladi.

Toʻlov 60-ko‘chadan Manxettenning janubiy qismigacha bo‘lgan hududga kirgan avtomobillarga qo‘llaniladi. Yuk mashinalari va turist avtobuslari uchun toʻlov miqdori $14.40 dan $21.60 gacha. Favqulodda xizmat mashinalari, kam daromadli haydovchilar va maktab avtobuslari toʻlovdan ozod qilingan.

Mazkur tizim Londonda va Stokgolmda mavjud bo‘lgan rejalar misolida yaratilgan va shaharda avtomobil oqimini 10% ga kamaytirishi kutilmoqda. Tushgan mablag‘lar esa transport infratuzilmasini modernizatsiya qilishga sarflanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShdan chiqarib yuborilgan o‘zbeklar soni 6,5 baravar oshgani haqida yozgan edik.

Shuningdek