Gadjetlar

Rossiya va Ozarbayjon O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan televizorlarning asosiy xaridoriga aylandi

Respublika 11 oyda 173,8 ming dona televizor eksport qildi
Foto: Pexels.com

Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar – noyabr oylarida xorijga qiymati $33 mln.ga teng boʻlgan 173,8 ming dona televizor eksport qildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lum qildi.

Eksport boʻyicha eng yirik bozorlardan biri Rossiya boʻlib, bu davlatga 60,7 ming dona televizor yetkazib berildi. Shuningdek, 50,5 ming dona bilan Ozarbayjon va 17,1 ming dona bilan Turkiya yetakchi oʻrinlarni egalladi.

Armanistonga 8 ming dona, boshqa davlatlarga esa jami 5,7 ming dona televizor eksport qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakatga $52,6 mln.ga teng boʻlgan kartoshka import qilingani haqida xabar bergan edi.