Yuqori likvidli aksiyalar ro‘yxatidan “Oʻzbektelekom” va “O‘zbekko‘mir” aksiyalari chiqdi
«Toshkent» respublika fond birjasidan (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalar ortda qolgan turli dinamikani koʻrsatdi. Kursiv Uzbekistan hafta davomida RFBdagi qimmatli qogʻozlarning oʻzgarishini oʻrganib chiqdi.
27-dekabr 4-yanvar sanasigacha UCI fond indeksi 2,04 foizga kamaydi. Aksiyalari eng koʻp oʻsishga erishgan kompaniyalar qatorini «Oʻzsanoatqurilishbank» (+10 foiz), «Olmaliq KMK» (+7,82 foiz) va «Ipoteka-bank» (+6,54 foiz) band qildi.
Oʻz navbatida, haftani salbiy yakunlaganlar kompaniyalar qatoridan «Ipak yoʻli» (-4,69 foiz), «Kvarts» (-6,6 foiz) va «Dori-darmon» (-2,58 foiz) oddiy aksiyalari joy oldi.
2025-yil yanvar holatiga yuqori likvidli aksiyalar roʻyxatiga «Universal bank», «Dori-darmon» va «Oʻzbekiston pochtasi»ning oddiy aksiyalari qoʻshildi. Roʻyxatdan esa «Oʻzbekkoʻmir»ning oddiy aksiyalari, shuningdek, «Oʻzbektelekom», «Oʻzsanoatqurilishbank» va «Hamkorbank»ning imtiyozli aksiyalari chiqarildi. Bu esa ularga bo‘lgan investorlarning qiziqishi pasayganini ko‘rsatadi.
22 ta yuqori likvidli aksiyalardan 9 tasi haftani yashil rangda yakunladi. Ikkitasi sariq rangda yakunlagan boʻlsa, qolgan barcha aksiyalar qizil rang bilan yakunladi.
Eslatib oʻtamiz, Yangi munosabati dam olish kunlari sabab fond bozori uch kun, yaʼni 27-dekabr va 3–4-yanvar kunlari faoliyat yuritdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan aksariyat aksiyalar 2024-yilning soʻnggi haftasini oʻsish bilan yakunlagani haqida yozgan edi.