Yangiliklar

O‘zbekistonda elektron sigaretalarga taqiq joriy etilishi mumkin

Loyihada ayrim turdagi tamaki mahsulotlari va elektron sigaretalarni taqiqlash nazarda tutilgan
Foto: Pexels.com

Oliy Majlis fraksiyasi tamaki va nikotin mahsulotlarining muomalasiga oid qonun loyihasini muhokama qilmoqda. Loyihada ayrim turdagi tamaki mahsulotlari va elektron sigaretalarni taqiqlash nazarda tutilgan. Bu haqida O’zLiDeP ma’lum qildi.

So‘nggi yillarda zamonaviy tamaki mahsulotlari, xususan, elektron sigaretalar noqonuniy ravishda mamlakatga olib kirilmoqda. Bu mahsulotlarni, ayniqsa, yoshlar orasida iste’mol qilish holatlari sezilarli darajada ko‘paygan.

Qonun loyihasi elektron sigaretalar va boshqa tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va muomalasini to‘xtatishni taklif qilmoqda. Ularning saqlash, tashish va olib kirilishi qat’iy taqiqlanishi belgilangan.

Mazkur qonun loyihasi ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralarini kuchaytirishni ham ko‘zda tutadi.

Innovatsion mahsulotlarga qarshi ushbu choralar yoshlar salomatligini muhofaza qilish va noqonuniy aylanishni kamaytirishga qaratilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat Qirg‘izistonga $464 minglik sigaret eksport qilgani haqida xabar bergan edi.